Yuqumli kasalliklarning oldini olish muhimligini eslatib turuvchi kitob
Dariya Kartasheva — immunolog olima, PhD (Parij, Fransiya) fikri:
“Ota-onalarga ko‘pincha yuqumli kasallik qanday rivojlanishini, u nimadan iboratligini, qanday alomatlari borligini hamda qanday asoratlar va xavfli belgilar paydo bo‘lishi mumkinligini tushunish qiyin bo‘ladi. Ushbu kitobda real klinik holatlar misolida ota-onalar yuqumli kasalliklarning qanchalik xavfli ekanini tushunib, ularning oldini olish qanchalik muhimligini anglab yetishlari mumkin.
Bugungi kunda dunyoda yuqumli kasalliklarning profilaktikasiga, xususan, emlash (vaksinatsiya) jarayoniga qarshi chiqadigan odamlar ham ko‘p. Bu kitob ushbu jarayonning ahamiyatini yaxshiroq tushunishga va emlashdan qo‘rqishni yengishga yordam beradi.”
“Qo‘lingizdagi bu ajoyib kitobda muallif vaksina orqali oldini olish mumkin bo‘lgan yuqumli kasalliklar qanchalik og‘ir kechishi mumkinligini yorqin tarzda tasvirlab beradi. Bu kasalliklar ommaviy emlash tufayli unutila boshlagan edi, ammo bugun yana eslanmoqda. Aslida esa ularning og‘ir oqibatlaridan himoyalanish qiyin emas. Yorqin obrazlar, qiziqarli metaforalar va quvnoq rasmlar kitobni o‘qishni yanada qiziqarli va maroqli qiladi.”
Xususiyatlari:
🛒 Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatga qo‘shib qo‘ying 📚
📖 To‘liq tavsifni o‘qing 😊

