

Svbony SV28 – yangi boshlovchilar va tabiatni kuzatish ishqibozlari uchun mo‘ljallangan yuqori sifatli monokulyar teleskop.
Kattalashtirish diapazoni: 25x dan 75x gacha
Obyektiv diametri: 70 mm
Okkulyar diametri: 21 mm
Prizma turi: Porro BAK4
Linza qoplamasi: FMC (to‘liq ko‘p qavatli qoplama)
Ko‘rish maydoni: 1000 yardda 64-43 fut (1000 metr masofada taxminan 19,5 - 13,1 metr)
Chiqish ko‘z qorachig‘i diametri: 16-14 mm
Yaqin fokus masofasi: 8 m
Suv va changga chidamlilik: IP65 standarti
O‘lchamlari: 360 × 92 × 145 mm
Og‘irligi: 910 g

Svbony SV28 yuqori sifatli Porro BAK4 prizmasi va FMC qoplamali linzalari bilan jihozlangan bo‘lib, bu yorug‘likning yuqori o'tkazuvchanligini ta’minlaydi va tasvirlarni yorqin hamda aniq qiladi. Ushbu xususiyatlar past yorug‘lik sharoitida ham sifatli kuzatuvlarni amalga oshirishga imkon beradi.

Teleskopning 45 darajali burchak ostidagi okkulyari uzoq muddatli kuzatuvlar uchun qulaylik yaratadi. Prorezina qoplamali korpusi sirpanishni oldini oladi va qo‘shimcha himoya ta’minlaydi. Bundan tashqari, teleskopning old qismida joylashgan quyosh nuri to‘suvchi qopqoq yorug‘likning keraksiz sinishini kamaytiradi va tasvir sifatini oshiradi.

Svbony SV28 bilan birga quyidagilar taqdim etiladi:
✅ Teleskopni saqlash va tashish uchun maxsus sumka
✅ Stol usti uch oyoqli shtativ
✅ Okkulyar va obyektiv uchun himoya qopqoqlari
✅ Linza tozalash uchun mato
✅ Foydalanish bo‘yicha qo‘llanma

Svbony SV28 quyidagi maqsadlarda ishlatilishi mumkin:
✔ Tabiatni kuzatish
✔ Qushlarni tomosha qilish
✔ Oy va ba’zi kometalarni kuzatish
✔ Sport tadbirlarini uzoqdan tomosha qilish
✔ Sayohatlar paytida uzoq masofadagi obyektlarni o‘rganish
Ushbu teleskopning yuqori optik sifati va qulay dizayni har qanday sharoitda sifatli tasvir taqdim etadi.
Agar siz yangi boshlovchi bo‘lsangiz yoki sifatli va ishonchli monokulyar teleskop izlayotgan bo‘lsangiz, Svbony SV28 ajoyib tanlov bo‘ladi. Uning yuqori optik ko‘rsatkichlari, qulay dizayni va bardoshli konstruktsiyasi har qanday kuzatuv faoliyati uchun ideal hisoblanadi.
Albatta, mutaxassis bo‘lmagan havaskorlar yuqorida keltirilgan ba’zi texnik parametrlarni tushunmasligi yoki tasavvur qila olmasligi mumkin. Biroq, bu model juda mashhur va ommabop ekanligini hisobga olsak, shunchaki YouTube ijtimoiy tarmog‘iga SV28 yoki SVBONY 25-75x70 deb yozib, qidiruvga berishning o‘zi kifoya. Siz uchun turli vaziyatlarda sinalgan video lavhalar mavjud.

