Agar eski ulagich qizib ketsa, kontakt yaxshi bermasa, kabel bo‘shashib qolsa yoki payvandlash jarayonida tok uzilib qolsa, ushbu 500A ulagichni almashtirish uchun ishlatish mumkin. To‘g‘ri o‘rnatilganda apparatning ishlashini barqaror qiladi va payvandlash sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Ustaxonalar, servis markazlari, qurilish ishlari va professional payvandchilar uchun mos keladi. Uzoq muddat xizmat qiladigan, ishonchli va amaliy svarka ehtiyot qismi hisoblanadi.
Afzalliklari:
500A gacha chidamlilik
Massa va derjak kabeli uchun mos
Barqaror tok o‘tkazadi
Mustahkam va ishonchli ulanish
Sifatli metall kontakt
Qulay plastik korpus
Qizib ketish xavfini kamaytirishga yordam beradi
O‘rnatish oson
Svarka apparati ta’miri uchun mos
Ustaxona va servislar uchun kerakli detal

