"Suyukli Payg‘ambarimning do‘stlari bilan 365 kun" kitobida Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning sahobalari, yaʼni u zot bilan bir davrda hayot kechirgan kishilarning fazilatlari, Islom yo‘lida qilgan xizmatlari haqida hikoya qilinadi. Sahobalar hayoti saodat asriga, Nabiy (alayhissalom)ning muborak umr yo‘liga tutash bo‘lganligi sabab, dinimizni o‘rganishda ularning ham hayotini bilishimiz bizga zarurdir. Kitob Toha Kilinchning "365 kunda Payg‘ambarimning do‘stlari" nomli kitobi asosida nashr yuzini ko‘rmoqda. Kitobning ovozli shakli hosil qilinishi bilan birgalikda, bolajonlarning mavzuni teran anglashlari uchun ichidagi suratlari yana-da boyitildi.
Kitob orqali farzandlarimiz Rasululloh (alayhissalom) va sahobalar bilan bog‘liq voqea-hodisalar, o‘zaro muloqotlardan hikmat, ham o‘rnak olishadi, degan umiddamiz.
Tarjimon va nashrga tayyorlovchilar: I. Nurulloh, S. Ahmad, Sh. Anvarova

