ISBN: 978-9910-9310-1-7, ISBN: 978-9943-6945-6-9, ISBN: 978-9910-6945-7-6 ISBN: 978-9943-6945-5-2
Muallif: Nurdan Damla
Nashriyot: «Munir»
Hajmi: 656 bet, 528 bet, 656 bet, 544 bet
Sana: 2024 yil
Muqovasi: qattiq
Alifbosi: kirill
Tili: o‘zbek
O‘lchami: 17 * 25 sm
SUYUKLI PAYG‘AMBARIM BILAN 365 KUN
SUYUKLI PAYG‘AMBARIMNING DO‘STLARI BILAN 365 KUN
SUYUKLI QUR’ON BILAN 365 KUN
Payg‘ambarlar tarixi bilan 365 kun
BOLALAR UCHUN QIZIQARLI VA MAROQLI KITOBLAR TO‘PLAMI
Muhtaram o‘quvchilar!
Mana shu kitobni mutolaa qila boshlasangiz, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uyingizga tashrif buyurganday, sizni va xonadoningiz a’zolarini duo qilayotganday, uyingizni ilohiy nurlar ila to‘ldirayotganday his qilasiz.
Biz bu kitobni butun yil bo‘yi mutolaa qilishingizga mo‘ljallab yozdik, ya’ni bu kitobdan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hayotlaridan tanlab olingan 365 ta katta-kichik muhim voqealar o‘rin olgan bo‘lib, ular tadrijiy ketma-ketlikda joylashtirildi. Hikoyalar asosan bolalarga mo‘ljallab yozilgan, bunda bola har kuni bitta hikoyani o‘qib, mag‘zini chaqib olishi ko‘zda tutilgan.
Bolaning diqqatini biror narsaga qisqa vaqt ichidagina jalb qilib tura olish mumkinligini nazarda tutib, ularning diqqat-e’tiborini dinimiz tarixidagi ulug‘ voqealarga tortish maqsadida shunday qilindi. Shunday qilinsa, bola diqqati o‘qilgan sahifalardagi voqealar mazmunini uqib, miyasiga singdirib oladi, shu bilan hikoyalarning davomini eshitishga ham e’tiborni saqlab qoladi, deb o‘yladik.
Kitobda bola tasavvuriga sig‘dirib olishi uchun biroz qiyinchilik tug‘diruvchi voqea-hodisalar ham bor, ammo bundan tashvishlanmasa ham bo‘ladi, siz hikoyachalarni bolangizga o‘qib berish barobarida, bola uchun qiyin tushuniladigan voqea-hodisalar bayonini yo‘l-yo‘lakay aytib-izohlab ketishingiz ayni muddao, buning uchun bilimingiz ham yetarli, albatta. Hikoyalarda uchraydigan jo‘g‘rofiy nomlar, atamalarni siz dunyo xaritasidan bolangizga ko‘rsatib, tushuntirib borsangiz, nur ustiga nur, bu bilan farzandingizning xotirasi yana-da kuchayib, ziyraklik kasb eta borishiga hissa qo‘shasiz.
Kitobda keltirilgan voqealar ko‘rsatkichi Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning, sahobai kiromlarning go‘zal fazilatlari – saxovat, sadoqat, mehmonnavozlik, to‘g‘rilik, tinchlikparvarlik, mehr-shafoat kabi asl insoniy xislatlar bayon qilingan tasvirlar aniq qaysi kun voqealarida tilga olinishini eslatish uchundir. Shu tariqa bola tabiatiga singdirishi lozim bo‘lgan yuksak axloqiy-ma’naviy fazilatlar yoritib beriladi.
Mutolaa qiling, bolangizga o‘qib bering, “Sarvari koinot” deb ulug‘langan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xulqida nur sochgan fazilatlardan bahra oling, shunday oliyjanob his va fazilatlarga ega bo‘lish hammamizga ham nasib etsin!

