Barrier PROFI Osmo 100 Boost — moyka ostiga o'rnatiladigan nasosli teskari osmos tizimi. Nasos bosimni oshiradi, shuning uchun filtr uydagi kuchsiz bosimda yoki yuqori qavatlarda ham ishlaydi. Alohida krandan butilkadagidek toza ichimlik suvi.
TOSHKENTDA BEPUL O'RNATISH
• Uzumda Toshkent bo'ylab sotuvchi yetkazib berishi bilan buyurtma bering.
• Filtrni o'zimiz olib boramiz, usta uni bepul o'rnatib beradi.
• Aksiya faqat Toshkent shahrida amal qiladi. Boshqa hududlarda filtr to'plamdagi qo'llanma bo'yicha o'rnatiladi.
XUSUSIYATLARI
• Filtr turi: nasosli teskari osmos tizimi
• Tozalash bosqichlari: 5
• Tozalaydi: qattiqlik tuzlari, xlor, zang, qum, og'ir metallar, bakteriya va viruslar
• Membrana unumdorligi: sutkasiga 100 gallon (GPD)
• Ish bosimi: 0,5 atm dan (nasos hisobiga)
• Jamg'arma bak: 12 l (foydali hajmi 8 l)
• Toza suv krani: to'plamda
• Modul resursi: 5000 l
• Tizim resursi: 12 oygacha, membrana: 24 oygacha
• Ishlab chiqarilgan: Rossiya
• Kafolat: 12 oy
5 BOSQICHLI TOZALASH
1. PROFI Mexanika 5 mkm — zang, qum va boshqa aralashmalardan dastlabki tozalash.
2. PROFI Sorbsion — xlorni yo'qotadi, membranani himoya qiladi.
3. PROFI Mexanika 1 mkm — eng mayda erimaydigan zarralardan yakuniy tozalash.
4. PROFI Osmo 100 membranasi — 0,0001 mkm teshiklar faqat suv molekulalarini o'tkazadi, qattiqlik tuzlari va zararli aralashmalar drenajga ketadi.
5. PROFI Postfiltr — bakdan keyin suvni qo'shimcha tozalaydi, hid va ta'mni yo'qotadi.
ULASH UCHUN MUHIM
Nasos uchun moyka ostida rozetka bo'lishi kerak. Moyka ostida uzaytirgichlardan foydalanish mumkin emas.
TEJAMKOR
5000 litr resurs — bu 19 litrlik 260 dan ortiq butilka. Endi butilka sotib olish, tashish va saqlash shart emas.
ALMASHTIRILADIGAN KARTRIJLAR
PROFI Osmo almashtiriladigan kartrij to'plamlari (1–3 bosqich, membrana, postfiltr) — Uzumdagi Barrier do'konimizda.









