Guruch yormasi yengil hazm bo‘ladigan uglevodlar miqdori bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Makkajo‘xori yormasi V, Ye, A, RR guruh vitaminlariga boy. Banan va prebiotiklar qo‘shilgan sutli guruch-makkajo‘xori bo‘tqasi 6 oylikdan oshgan chaqaloqning menyusini kengaytiradi va yangi ta’m uyg‘unliklari bilan tanishtiradi.
Muvozanatlashgan tarkib
● palma va boshqa o‘simlik moylari qo‘shilmagan
● tarkibida GMO mavjud emas
● tarkibida bo‘yoqlar va konservantlar yo‘q
● tuzsiz
● vitaminlar va mineral moddalarning saqlanishini ta’minlaydigan maxsus sharoitlarda qadoqlangan.
O‘sish va rivojlanish uchun muhim tarkibiy qismlar
● 100% tabiiy donlar uglevodlar, o‘simlik oqsili va oziq-ovqat tolalari manbai hisoblanadi.
● Qaymog‘i olinmagan sut yuqori sifatli sut oqsili va vitaminlar manbai sifatida bo‘tqaning ozuqaviy qiymatini oshiradi.
● 11 ta vitamin bolaning uyg‘un o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradi.
● Kalsiy suyaklar va tishlarning shakllanishi uchun zarur.
● Temir temir tanqisligi kamqonligining oldini oladi.
● Yod chaqaloqning intellektual rivojlanishiga yordam beradi.
● Prebiotik (inulin) ichak mikroflorasini normallashtirishga va qulay ovqat hazm qilishga yordam beradi.

