"Atrofingizdagi yomon rahbarlar" — mashhur Surrounded by Idiots bestsellerlar turkumining navbatdagi kitobi.
Xalqaro bestsellerlar muallifi Tomas Erikson inson xulq-atvorini tahlil qilishning sodda to‘rt rangli modeli orqali dunyoning xulq-atvorga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirishga yordam berdi. Ushbu kitobda u aynan shu tizimni ish muhitidagi munosabatlarni yaxshilash uchun qo‘llaydi.
Deyarli har bir inson hayotida yomon rahbar uchragan. Balki sizda hozir ham shunday rahbar bordir. Ehtimol, o‘zingiz ham shunday rahbarlardan biridirsiz. Jahldor, talablarini aniq tushuntirmaydigan yoki ishni samarali tashkil qila olmaydigan rahbarlar ish hayotining bir qismi hisoblanadi. Ammo bunday rahbar bilan nafaqat ishlashni davom ettirish, balki shunga qaramay o‘z faoliyatingizda muvaffaqiyatga erishish mumkinmi?
Muallif rahbaringizning xulq-atvor tipini aniqlash orqali u bilan har qanday vaziyatda samaraliroq muloqot qilish usullarini ko‘rsatadi. Kitobda hayotiy misollar va amaliy tavsiyalar keltirilgan bo‘lib, ular har qanday ish muhitida muvaffaqiyat qozonishga yordam beradi.
Albatta, barcha muammolarni rahbar zimmasiga yuklab bo‘lmaydi. Har bir yomon rahbar bilan bir qatorda mas'uliyatsiz yoki sustkash xodim ham uchraydi. Shu sababli Tomas Erikson masalaga xodim nuqtai nazaridan ham yondashadi, ayrim hamkasblar nega muvaffaqiyatga erisha olmasligini tahlil qiladi va agar siz rahbar bo‘lsangiz, bunday vaziyatlarni qanday o‘zgartirish mumkinligini tushuntiradi.
Muallifning o‘ziga xos hazil-mutoyibasi va samimiy uslubida yozilgan "Atrofingizdagi yomon rahbarlar (va dangasa xodimlar)" kitobi eng murakkab rahbarlar va xodimlar bilan ishlashni osonlashtiradi hamda ish faoliyatingiz davomida sizga foydali yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi.

