Gullash davrida g‘unchalarining rangini o‘zgartirish xususiyatiga ega bo‘lgan ajoyib doimiy yashil yoki yarim to‘kiluvchi chiroyli gulli o‘simlik. Shimoliy rayonlarda xona o‘simligi o‘stiriladi. To‘pgullari yirik, diametri 16 sm gacha, dastlab oq, keyin pushti, paxmoq yoki oddiy gullar. Gibiskus soyaga chidamli, lekin yorug‘lik yetishmaganda yomon rivojlanadi va kam gullaydi. Yorug‘ joyda mart oyidayoq o‘simlikda birinchi g‘unchalar paydo bo‘la boshlaydi, bir-birini almashtirib turadigan gullar esa kuzning oxirigacha barg shox-shabbasini bezab turadi.
Agrotexnika
Stratifikatsiyadan o‘tish uchun urug‘larni bahorda ekishdan oldin nam qum bilan aralashtiring va 60 kun davomida muzlatgichda saqlang. Bevosita ekishdan oldin urug‘lar bir sutka davomida iliq suvda ivitiladi. Mart oyining boshlarida nam qum va torf aralashmasiga 3-4 mm chuqurlikda ekiladi va plyonka bilan yopiladi.
Unib chiqish uchun eng maqbul harorat 20-23 °S ni tashkil etadi. Substratni suv spreyi yordamida o‘rtacha namlikda saqlang va issiqxonani vaqti-vaqti bilan shamollatib turing. Unib chiqqandan keyin qoplamani olib tashlab, shu tuvakda 5 hafta o‘stirish davom ettiriladi. Urug‘ko‘chatlar 2-3 chinbarglik davrida nish urib chiqadi va bir oydan so‘ng tarkibida asosan azot bo‘lgan balanslangan o‘g‘itning kuchsiz eritmasi bilan birinchi oziqlantirish o‘tkaziladi. So‘ngra har uchinchi sug‘orishda oziqlantiriladi. Ochiq yerga yozning boshlarida ekiladi va tuproqning qurib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi, chunki yosh o‘simliklarning ildiz sistemasi nam yetishmasligiga juda sezgir bo‘ladi. Tuplanishni rag‘batlantirish uchun novdalar o‘sgan sari uchini chilpib turish foydalidir.

