SUPRA VIT Vitamin C 550 mg shippildoq tabletkalari №20.
Tarkibi
Kalsiy karbonat, magniy sulfati, rux sulfati, askorbin kislotasi, xolekalsiferol, yordamchi komponentlar: limon kislotasi E330, natriy gidrokarbonat E500, dekstroza, aspartam E951, aromatizator (limon), polietilenglikol, riboflavin.
Ta’rifi
Ko‘pikli tabletkalar.
Qo‘llanilishi
Biologik faol qo‘shimcha sifatida — C va D vitaminlari hamda mineral moddalarining qo‘shimcha manbai.
Qarshi ko‘rsatmalar
Mahsulot tarkibiy qismlariga individual sezuvchanlik, fenilketonuriya, homiladorlik va emizish davri.
Qo‘llash usuli
Kattalar uchun ovqat vaqtida kuniga 1 mahal 1 dona ko‘pikli tabletka tavsiya etiladi, uni 1 stakan ichimlik suvida (550 mg) eritib qabul qilinadi.
Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Reklama obyekti dori vositasi hisoblanmaydi

