Okkam ustarasi, Overton oynasi, Streyzand effekti - bular so‘nggi paytlarda keng shuhrat qozongan bir nechta aqliy modellardir. Aslida, ular juda ko‘p va ularning eng samaralilarini ushbu kitobda topasiz.
Mental modellar tushunish qiyin bo‘lgan ta’sirlar, hodisalar, mexanizmlar va qonuniyatlar qanday tuzilganligini tushuntirish orqali fikrlashni optimallashtiradi. Qancha ko‘p aqliy modellarni bilsangiz, har qanday muammoli vaziyatlarda shuncha yaxshi mo‘ljal olasiz.
Bu kitob quyidagilarni o‘rgatadi:
- aqliy tuzoqlarni chetlab o‘tish;
- muammoni hal qilishning bir nechta variantlarini ko‘rish va tanlash;
- yaxshi g‘oyalarni yomonlaridan ajratish;
- shuningdek, dunyoga kengroq qarash va notanish joylardan javob topish.
"Agar siz faqat ayrim faktlarni eslasangiz, hech narsani bilmaysiz. Faktlar nazariyaga bog‘lanmagan bo‘lsa, ulardan foydalana olmaysiz. Miyangizda modellar bo‘lishi kerak." - Charli Manger, Uorren Baffetning o‘ng qo‘li

