Andrey Safronov 2015-yildan buyon xotirani rivojlantirish yo‘nalishida faoliyat yuritadi va odamlarning hayotini ushbu yo‘l bilan yaxshilashga yordam bermoqda. U “Rossiya 1” telekanalidagi “Ajoyib odamlar” loyihasi hamda “Nauka 2.0” kanalidagi “G‘ayritabiiy qobiliyatlar” dasturida ishtirok etgan. 2019-yilda esa “Inchamp” intellektual sport turlari chempionatida “Xotira” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan. Xotirani rivojlantirmasdan samarali o‘rganishning iloji yo‘q. Agar siz o‘zingiz ustida ishlamoqchi, rivojlanmoqchi, yangi bilimlarni tez va oson o‘zlashtirmoqchi bo‘lsangiz — ushbu kitobni albatta o‘qing. U sizga kelajak eshiklarini ochishga yordam beradigan sehrli vosita bo‘ladi. Chunki xotira — bu kelajakka olib boruvchi kalit. — Itsxak Pintosevich, biznes va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha tizimli yondashuv eksperti Bu kichkina kitob — bu sizni katta va yangi olamga olib kiradigan parol. Bu olamda siz o‘zgacha va e’tiborga loyiq shaxsga aylanasiz. Kitob juda oddiy, tushunarli va ixcham — o‘zini rivojlantirishni istagan har bir inson uchun ajoyib yo‘l xaritasi. — Aleksey Ponomar

