"Shunday zamonlar bo‘ladiki, tiriklar o‘lurlar, shunday zamonlar bo‘ladiki, o‘liklar tirikdirlar," - degan edi donishmand shoirlarimizdan biri. Bu kitobda ana shunday o‘lmas insonlar haqidagi xotiralar, ularning asarlaridan namunalar va qaydlar jamlangan. Bunday insonlarning yorqin xotirasi bilan yashash, o‘zligini anglaganlarning hayotini bezashga munosib, deb hisoblaymiz.

