Sun’iy intellekt (SI) sohasidagi so‘nggi yutuqlar nafaqat SI mahsulotlariga bo‘lgan talabni oshirdi, balki bunday mahsulotlarni yaratishni istaganlar uchun kirish to‘siqlarini ham kamaytirdi. «Model xizmat sifatida» (model-as-a-service) yondashuvi SIni tor doiradagi mutaxassislar sohasi bo‘lgan holatdan deyarli har bir inson foydalanishi mumkin bo‘lgan kuchli dasturlash vositasiga aylantirdi. Endilikda SI sohasida kam tajribaga ega yoki umuman tajribasi bo‘lmagan odamlar ham ilovalar yaratishda SI modellaridan foydalanishlari mumkin.
Ushbu kitobda muallif Chip Huyen sun’iy intellekt muhandisligi bilan bog‘liq masala va vazifalarni yoritib beradi.

