• Kitob nomi-SUN'IY INTELEKT: UNI QANDAY TUSHUNISH LOZIM?
• Nashriyot-Pir Nashr
• Sahifalar soni-203
• Muqova turi-yumshoq muqova
• Qog'oz turi-Oq, yuqori sifatli (Ofset)
• Til-O'zbek tili
• Muallif-RICHARD SASSKIND
Richard Sasskind 1961-yilda Shotlandiyada tug‘ilgan. Sun’iy intellekt va huquq kesishmasida dunyodagi eng nufuzli mutaxassislardan biri. Oksford internet instituti professori.
”Eng qiyin jihati shundaki, hali ixtiro qilinmagan, hatto ba’zilarini tasavvur qilishning o‘zi mushkul bo‘lgan texnologiyalar 2030-yillarda bugungi vositalardan ko‘ra ko‘proq ta’sir kuchiga ega bo‘lishi mumkin. Shu sababli, noaniqliklarni yengib o‘tish, fikr ufqini kengaytirish va “tez siljiydigan qum”da ham poydevor qo‘yishga urinib ko‘rish uchun men baland ovoz bilan “AGI haqida fikrlash” (AGI – Artificial General Intelligence, ya’ni “sun’iy umumiy intellekt”; inson kabi deyarli barcha aqliy vazifalarni bajarishga qodir tizimlar haqidagi aqliy mashq)ni hukumatda, biznesda, ta’limda va undan tashqarida joriy etishga chaqiraman.”
Nahotki biz chindan ham halokat sari ketayotgan bo‘lsak?
”Avvalo, turli-tuman da’volar, qarama-qarshi bashoratlar jamiyatda katta adashish va tushunmovchilik uyg‘otmoqda. Tajribali mutaxassislar bir-biriga mutlaqo zid pozitsiyalarni jo‘shqin ishtiyoq, qat’iy ishonch va go‘yoki mukammal dalillar bilan himoya qilayotganini ko‘rgan oddiy odam nima deb o‘ylashi kerak? Nahotki biz chindan ham halokat sari ketayotgan bo‘lsak? Yo insoniyat butunlay yo‘q bo‘lib ketadigan va yo odamzod Yer yuzida faqat juda qudratli SI tizimlarining izn-irodasiga ko‘ra jon saqlab qoladigan zulm saltanati tomon boryapmizmi?
Yoki bu shunchaki yigiruv dastgohi va kombayn paydo bo‘lgan davrda yuzaga kelgan vahimaning murakkabroq tarzda takrorlanishimi? Oxir-oqibat o‘sha mashinalar hayotimizni yaxshilagani singari SI ham ahvolimizni durustroq tomonga o‘zgartiradimi?”
”Sun’iy intellekt: uni qanday tushunish lozim?” Richard Sasskind
Siz sun’iy intellekt haqida qanday fikrdasiz?

