SUNDAY Universal «Avtomat» kir yuvish vositasi, 1 l
Sunday oq va rangli kiyimlar uchun kir yuvish vositasi jun va ipakdan tashqari barcha turdagi rangli matolarni yuvish uchun mos. U mato rangining yorqinligini saqlaydi, tukchalar (katishkalar) hosil bo‘lishining oldini oladi, tolalarga chuqur kirib boradi va dog‘larni samarali ketkazadi.
Vosita mato rangini va tolalar tuzilishini asrashga yordam beradi. Har qanday haroratdagi, jumladan sovuq suvda ham tez eriydi va oson chayiladi. Rangli kiyimlarni rangsizlanishdan himoya qiladi. Bir flakon 20 tagacha yuvish uchun yetadi.
Mahsulot quyidagilar uchun mos:
avtomatik kir yuvish mashinalari;
aktivator turidagi kir yuvish mashinalari;
qo‘lda yuvish.
Tarkibi:
5–15% — anion sirt-faol moddalar;
5% dan kam — noionogen sirt-faol moddalar, amfoter sirt-faol moddalar, fermentlar, xushbo‘y modda, konservant va limonen.
Qo‘llash usuli:
Avtomatik kir yuvish mashinasi (30–60°C):
kam ifloslangan kirlar uchun — 50 ml;
o‘rtacha ifloslangan kirlar uchun — 90 ml;
kuchli ifloslangan kirlar uchun — 120 ml (4–5 kg kir hisobida).
Aktivator turidagi mashina yoki qo‘lda yuvish: 50 ml vositani 5 litr suvda eritib ishlating.
Suv qattiq bo‘lsa, tavsiya etilgan miqdorga yana 30 ml qo‘shing.
Sunday kir yuvish vositasi bilan kiyimlaringiz toza, yorqin va uzoq vaqt yoqimli hid bilan saqlanadi.

