• SUMI tagliklarining turli o‘lchamlari tufayli siz farzandingizga osongina mos o‘lchamni topa olasiz.
• Tagliklarning o‘ta yumshoq noto‘qima materiali bolalarning nozik terisini ehtiyot qiladi, butun kun yoki tun davomida qulaylik va himoyani ta’minlaydi.
• Elastik "quloqchalar" tanaga zich yopishadi va chaqaloqning harakatlarini cheklamaydi, faol o‘yinlar paytida ishonchli himoya va qulaylikni ta’minlaydi.
• Maxsus himoya to‘siqlari oyoqchalarni ishqalamaydi va sizib chiqishdan himoya qiladi.
• Super shimuvchan qatlam 1 soniyada namlikni shimib, chaqalog‘ingiz uchun 12 soatgacha quruqlikni ta’minlaydi. Shu tufayli siz va chaqalog‘ingiz tun bo‘yi tinch uxlashdan bahramand bo‘lishingiz mumkin
SUMI anatomik bolalar tagligini mustahkam yopishuvchi tasmalari yordamida osongina yechish va kiyish mumkin. Taglik belbog‘i egiluvchan bo‘lib, farzandingizning bemalol harakatlanishini ta'minlaydi. Taglikning tashqi tomonida namlik indikatori mavjud bo‘lib, taglikni yangisiga almashtirish vaqti kelganida indikatorning rangi o‘zgaradi. Bu qulaylik onalarning vaqtini tejaydi.

Taglikning shimuvchi qatlami namni birzumdada shimib oladi, o‘ta yumshoq ichki asos esa bolajonlarga maksimal quruqlik va qulaylikni ta’minlaydi. Yapon sifatiga ega Sumi tagliklarining 12 soatgacha chidash xususiyati bolangizni bemalol sayrga va boshqa joylarga olib chiqish imkonini beradi. Maxsus himoya to‘siqlari kiyimni sizib chiqishdan himoya qiladi.

Mutaxassislar tomonidan tabiiy paxtaning eng yaxshi navlarini olinib, xuddi shunday xususiyatlarga ega va gipoallergenligi yuqori bo‘lgan yumshoq, havo o‘tkazadigan materialni yaratildi. To'qilmagan material tufayli Sumi tagliklarining shimuvchi qatlami bolalarning nozik terisi uchun noqulaylik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan yirik donachalar yig‘ilmaydi.

Yaponiya sifatli bolalar tagliklari va boshqa mahsulotlari ishlab chiqarishi bilan dunyoda yuqori o'rinlarda turadi. SUMI tagligi yapon texnologiyasi asosida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan.

Tagliklar turli o‘lchamlarda bo‘lib, bu farzandingiz uchun mos o‘lchamni tanlashga yordam beradi:
SUMI 1: vazn 2-5kg (40 dona va 76 dona)
SUMI 2: vazn 3-6kg (40 dona va 76 dona)
SUMI 3: vazn 4-9kg (36 dona va 68 dona)
SUMI 4: vazn 7-14kg (32 dona va 60 dona)
SUMI 5: vazn 11-18kg (26 dona va 54 dona)

SUMI tagliklari o'z vazifasini maksimal darajada samarali bajarishi uchun bir nechta oddiy maslahatlar beramiz:
1. Farzandingiz uchun to'g'ri o'lchamni tanlang. O'lchovlar jadvali bilan tanishib chiqing. Jadvalda bolalarning vazniga mos o'lchamlar mavjud.
2. Taglik bola tanasiga qanday joylashganiga e'tibor bering. SUMI tagliklari biroz kattaroq bo'lishi mumkin. Agar taglik bo'shroq bo'lsa, kichikroq o'lchamdagi taglikdan foydalanishingizni tavsiya qilamiz.
3. Yon burmalarni tekislang. Taglikdan suyuqlik oqib chiqmasligi uchun ular tashqariga qayrilgan bo'lishi kerak.
4. Taglikni o'z vaqtida almashtiring. Farzandingiz uxlashidan oldin yoki uydan chiqishdan avval almashtirilsa, quruqlik va qulaylikni ta'minlaydi.
Tagliklarimiz yordamida farzandingiz qulaylik harakatini ta'minlang!


