Taniqli turk yozuvchisi Yavuz Bahodiro‘g‘lining qiziqarli tarixiy romani afsonaviy sulton va sarkarda Salohiddin Ayyubining (Salohiddin) hayoti, g‘alabalari va bukilmas irodasi haqida hikoya qiladi. Kitobda uning muqaddas yerlar va Quddus shahrini salibchilar bosqinidan ozod qilish uchun olib borgan buyuk kurashi hikoya qilinadi. Asosiy qahramonlar — sultonning o‘zi va uning sodiq askarlari taqdiri orqali muallif millat birligi, va’daga sodiqlik, vatanparvarlik va haqiqiy e’tiqodning muhimligini mahorat bilan yetkazib, xalqning ma’naviy birdamligisiz vatan ozodligi va ravnaqi mumkin emasligini ta’kidlaydi. Asarni o‘zbek tiliga Boboxon Sharif tarjima qilgan.

