Mustahkam konstruksiya: qattiq va sifatli plastikdan tayyorlangan anatomik qobiq hamda harakatlanishni cheklamaydigan mustahkam harakatlanuvchi mexanizm.
Ventilyatsiya tizimi: korpusdagi maxsus havo o‘tkazuvchi teshiklar harakat vaqtida havoning erkin aylanishini ta’minlaydi va terlashning oldini oladi.
Qulay va ishonchli mahkamlash: rezinkali sozlanuvchi yopishqoq tasmalar (lipuchka) orqali tizza va qo‘llarga qattiq, sirpanib ketmaydigan qilib o‘rnatiladi.
Yumshoq ichki qatlam: amortizatsiya qiluvchi ko‘pikli yumshoq astar oyoq va qo‘llarga bosim tushishini kamaytiradi.
Zamonaviy dizayn: qora jiloli korpus, SULAITE logotipi va yorqin sport uslubidagi sariq elementlar bilan uyg‘unlashgan ko‘rinish.

