Kler Provost va Metyu Kennardning "Sukut inqilobi: korporatsiya-
lar demokratiyani qanday ag'dardi?" kitobi zamonaviy demokratiya
uchun eng muhim xavflardan biri - korporatsiyalarning ijtimoiy jara-
yonlarga yashirin va tobora kuchayib borayotgan ta'sirini fosh etadi.
Globallashuv sharoitida korporatsiyalar iqtisodiy qudrat bilan chek-
lanmay, siyosiy hokimiyatga hukm o'tkazish, qonunlarni o'z manfaatiga
moslashtirish, jamoatchilik fikriga ters borish va demokratik qarorlar
qabul qilish jarayonini buzishga harakat qilmoqda.
"Sukut inqilobi" - inson erkinligi, huquqlari va demokratiya uchun
qayg'urgan barcha uchun eksklyuziv ahamiyat kasb etadigan eng
muhim ogohlantirishdir. Bu zamonaviy dunyoni tushuntirib beradigan
kitoblardan biri. Kitob mutolaasidan so'ng o'zingiz ham bunga amin
bo'lasiz.

