Maksim Kammererning kemasi halokatga uchragan planeta uning tasavvurini larzaga keltirishi aniq: yadroviy to‘qnashuv oqibatlari, aholining psixologik qayta ishlanishi, urushning tinimsiz aks-sadosi, shafqatsiz diktatura… Kommunistik dunyoda ulg‘aygan Maksim ko‘plab yovvoyilik va adolatsizlik namunalarini ko‘rgach, Saraksh planetasining davlat tuzumidagi barcha xunukliklarni tuzatishga qaror qiladi.

