STRONGHOLD 315M / AuroraPRO — bu 380V uch fazali elektrotarmog'ida qo'lda yoyli payvandlash (MMA) hamda uglerodli elektrodlar bilan havo-yoy yordamida kesish (gouging) uchun mo'ljallangan professional sanoat payvandlash invertoridir. Apparat MOSFET klassik quvvat texnologiyasi bo'yicha ishlab chiqilgan bo'lib, o'ta og'ir sanoat sharoitlarida uzluksiz va barqaror ishlashni ta'minlaydi.
Asosiy xususiyatlari va afzalliklari:
- 315A maksimal tok va 380V ta'minot: Qalin metallarni payvandlash hamda 1.6 mm dan 6.0 mm gacha bo'lgan barcha turdagi elektrodlar bilan barqaror ishlash.
- Sozlanuvchi Arc Force (Yoyni kuchaytirish): Yoy Yonish barqarorligini oshiradi, metall sachrashini kamaytiradi va elektrod yopishib qolishining oldini oladi.
- Hot Start (Issiq start): Yoy yoqilishini yengillashtiradi va ishning tez hamda sifatli boshlanishini ta'minlaydi.
- Raqamli displey: Payvandlash tokini aniq va qulay sozlash imkoniyati.
- Ishonchli Mosfet texnologiyasi: Og'ir yuklamalar va uzoq muddatli foydalanishga mo'ljallangan sinovdan o'tgan kuchli quvvat bloki.
- Samarali sovutish va avtomatik himoya: Apparat ichki komponentlarini chang, haddan tashqari qizib ketish va kuchlanish o'zgarishlaridan himoya qiladi.
Qo me'llanilish sohalari:
- Sanoat korxonalari, tsexlar va ko'priksozlik;
- Qurilish va og'ir metall konstruksiyalarni montaj qilish;
- Konchilik va og'ir mashinasozlik ta'mirlash ob'ektlari.