STRONGHOLD 250" professional invertori kichik ishlab chiqarish sharoitida donali elektrodlar (MMA) bilan ishlash uchun mo'ljallangan. Professional payvandchi ushbu apparatni munosib baholaydi. Invertor sozlamalarining keng imkoniyatlari deyarli har qanday sharoitda payvandlashning yuqori sifatini ta'minlaydi. Yoy o't oldirishni boshqarish har xil qalinlikdagi metallarni payvandlashning boshlanishida optimal kirib borishni (provar) ta'minlaydi, yoyni kuchaytirish (force) sozlamasi esa elektrod sochilishini kamaytiradi hamda yoyning optimal barqarorligini va payvandlash vannasining chuqurligini ta'minlaydi. Innovatsion IGBT invertor texnologiyasining kuchaytirilgan bloki ushbu texnikaning uzoq yillar davomida ishonchli ishlashini ta'minlaydi.
Xususiyatlari:
- A'lo darajadagi zamonaviy dizayn.
- Sozlanuvchan ForceArc (yoyni kuchaytirish) — metall tomchisi elektrotdan ajralib chiqish paytida payvandlash tokini oshiradigan apparat funksiyasi. Elektrodning yopishib qolish ehtimolini kamaytiradi va yoyning yonish barqarorligini oshiradi.
- Sozlanuvchan Hot Start (issiq start) — har xil qalinlikdagi materiallar bilan har qanday turdagi payvandlash ishlarida ideal start uchun yoy o't oldirish paytidagi cho'qqi (pik) tokini sozlash.
- VRD funksiyasi qiyin sharoitlarda (yopiq joylar, yuqori namlik) payvandchining xavfsizligini ta'minlaydi.
- Borish qiyin bo'lgan joylarda ishlash uchun payvandlash tokini masofaviy boshqarish REM pultini ulash imkoniyati (opsiya).
- Yupqa materiallar bilan ishlash uchun 40 A dan har qanday qalinlikdagi elektrod bilan to'liq ishlash uchun 250 A gacha bo'lgan payvandlash tokini sozlashning keng diapazoni.
- Professional tez yechiladigan 50 MMQ payvandlash ulanishlari va qalin 25 MMQ kuch kabellari — maksimal toklarda uzoq muddatli yuklamalarda ham kuymaydi.
- Yangi avlod IGBT komponentlari bazasidagi boshqaruv blokining zamonaviy ko'p platali konstruksiyasi.
- Standart yetkazib berish to'plamida payvandlash aksessuarlari jamlanmasi.
Qo'llanilishi:
- Ishlab chiqarish;
- Qurilish;
- Metall konstruksiyalarni montaj qilish;
- Quvurlarni ta'mirlash va yotqizish;
- Kemasozlik.
Jamlanma (Komplektatsiya):
- 25 mm² kabel, 3 metr — 2 dona.
- 300A massa qisqichi — 1 dona.
- 300A elektrod ushlagich — 1 dona.