• Qulay ko‘p funksiyali asbob
• Simlarni shikastlantirmay izolyatsiyadan sifatli tozalash
• Pishiq metall va ishonchli fiksator
• Tutqichlar qo‘lda sirpanib ketmaydi
• Ixcham, saqlash va olib yurishga qulay
LIT 24 tasi 1 da bo'lgan ko‘p funksiyali sim qaychisi - bu elektrik va avtoelektriklar uchun yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan va elektr montaj ishlarining yuqori sifatini ta’minlaydigan professional asbobdir. Qaychi ishonchli asboblar toifasiga kiradi va simni tozalash xususiyatiga ega bo‘lib, tok o‘tkazuvchi qismlariga zarar yetkazmasdan rezina yoki plastmassa qobiqni tez va ehtiyotkorlik bilan olib tashlash imkonini beradi. Buning natijasida simning tekis va toza ochiq uchi hosil bo‘ladi.
Asbobda turli kesimli simlarni tozalash uchun har xil radiusli o‘yiqlar mavjud. Dastalar siqilganda, chuqurchalardagi keskichlar izolyatsiyani kesadi va qobiq osonlik bilan ajralib chiqadi. Bundan tashqari, qaychi qisqich (zajim) vazifasini ham bajaradi va klemmalarni siqish imkonini beradi, bu esa uni elektr montajida beqiyos qiladi.
Qaychining uchlari yassi ombur shaklida ishlangan bo‘lib, bu uni bir vaqtning o‘zida bir nechta asboblar - ombur (kusachka), fiksator va hatto ixcham bur’gi vazifasini bajaradigan universal qurol sifatida ishlatish imkonini beradi. Qo‘lda qulay ishlash uchun dastalar rezina bilan qoplangan, qaychi sirg‘anmaydi va ishonchli ushlashni ta’minlaydi. Bundan tashqari, asbobni ko‘chirish va saqlash paytida blokirovka qilish uchun to‘xtatgich ham mavjud.





