Ushbu kitobda strategik mahoratni rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri — «sxemalar asosida fikrlash» usuli batafsil o‘rganiladi. Aynan shu fikrlash usulidan shaxmat bo‘yicha jahon chempionlari katta muvaffaqiyat bilan foydalanganlar. Kitobda ularning amaliyotidan olingan 500 ga yaqin misol tahlil qilingan, mustaqil ishlash uchun pozitsiyalar va foydali amaliy tavsiyalar keltirilgan.
Kitob amaliy o‘yinda ham, murabbiylik faoliyatida ham o‘z mahoratini oshirishni istaganlar uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Yoshligida ko‘pchilik shaxmat kitoblarini katta qiziqish bilan mutolaa qiladi. Ko‘pincha ana shu kitoblarning mualliflari shaxmatdagi ilk ustozlarga aylanadi. O‘qilgan material ustida fikr yuritish shaxmat tafakkuri va mahoratini rivojlantirishga yordam beradi.
Mening o‘yin uslubimga Aleksandr Alyoxinning «Mening tanlangan partiyalarim» kitobi katta ta'sir ko‘rsatgan. Uning ko‘plab partiyalarida, avvalo, mantiq ustunlik qiladi. Aleksandr Alyoxin alohida yurishlarni emas, balki shaxmatning chuqur mohiyatini va doskadagi voqealar mantiqini anglashga intilgan, shundan keyingina tanlangan reja asosida eng yaxshi davomni topgan.
Hurmatli kitobxon, sizga tavsiya etilayotgan ushbu kitob qiziqarli, o‘ziga xos va foydali asar hisoblanadi. U sizga o‘yin uslubingizni shakllantirishga yordam beradi. Ehtimol, «sxemalar asosida fikrlash» mavzusi shaxmat adabiyotida ilk bor shunchalik batafsil va har tomonlama yoritilgandir.
Bu fikrlash usulidan ko‘plab mashhur shaxmatchilar o‘z partiyalarida muvaffaqiyatli foydalanganlar. Dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ijodidan puxta tanlangan misollarni o‘rganish orqali siz ham shaxmat mahoratingizni sezilarli darajada oshirishingiz mumkin. Materialning muammoli usulda bayon etilishi uni yanada chuqurroq tushunish va o‘zlashtirishga yordam beradi.
Ushbu kitob amaliy o‘yinda ham, murabbiylik faoliyatida ham rivojlanishni istagan har bir shaxmatchi uchun foydali bo‘ladi.
Muallifga kelgusidagi ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Shaxmat bo‘yicha yettinchi jahon chempioni — Vasiliy Smislov
🛒 Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatga qo‘shing! 📚
📖 To‘liq tavsif bilan tanishib chiqing.

