Onasi vafotidan so‘ng chin yetim bo‘lib qolgan yosh ledi Meri Jekill yarim qashshoq hayot kechirishga jasorat bilan tayyor edi. Biroq, oilaviy advokat bilan uchrashuvda Meri onasi har oyda kambag‘al qizlar boshpanasiga katta mablag‘ o‘tkazib turganini bilib hayron bo‘ladi. Qiziqib qolgan Meri u yerga boradi va 14 yoshli Diana Xayd bilan uchrashadi, u Meri bilan opa-singil ekanligini da’vo qiladi. "Afina" ayollar klubi, alkimyogarlar maxfiy jamiyatining aql bovar qilmaydigan sarguzashtlari va jinoyatlarini tergov qilish tarixi aynan shunday boshlanadi. Miss Jekillga esa bu qiyin ishda mister Sherlok Xolms bilan doktor Uotson yordam berishadi. Darvoqe, Meri mashhur detektivga Uaytchepeldagi bir qator qonli qotilliklarni fosh etishda va Jek-ajratkichning iziga tushishda yordam beradi.

