Mo Yan - zamonamizning eng buyuk yozuvchilaridan biri, mashhur xitoy romannavisi bo‘lib, 2012 yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Anchadan beri Szzyugo provinsiyasida (“Sharob mamlakati”) dahshatli mish-mishlar yuradi - go‘yoki u yerda bolalarni yeyishar emish. Viloyat prokuraturasining o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Din Gouer zimmasiga haqiqatni aniqlash vazifasi yuklatiladi. Tergovchi sharafiga provinsiyada ulkan ziyofat uyushtiriladi va aynan shu ziyofat butun atrofdagi olamni qamrab oladigandek tuyulgan og‘ir mastlik va telbalikning boshlanishiga aylanadi.
Sizni Xitoyning eng tuban va sirli qatlamlariga olib boruvchi yana bir fantastik va g‘ayrioddiy sayohat kutmoqda.

