📐 Stol usti arra uskunasi BIYOTI BYT-TAS01 (Wt20) — changsiz va toza ish jarayoni!
BIYOTI brendining professional changsiz stol usti arrasi yog'och materiallari, fanera va plitalarni aniq hamda sifatli kesish uchun mo'ljallangan. Uning o'ziga xosligi — asosiy va kesuvchi (podreznoy) disklar uchun ikkita mustaqil vosita hamda o'rnatilgan changyutgich tizimidir. Bu ustaxona uchun eng ideal yechim bo'lib, ish joyini mutlaqo toza saqlash imkonini beradi.
🎈 Asosiy afzalliklari:
- 💨 Changsiz ishlash: o'rnatilgan 1200 W quvvatli kuchli changyutgich qipig' va changlarni maxsus qopga bir zumda yig'ib oladi.
- ⚙️ Ikki dvigatel tizimi: asosiy dvigatel (2600 W) toza kesishni ta'minlaydi, qo'shimcha kichik dvigatel (1600 W) esa material chetlari ko'chib ketishining oldini oladi.
- 💎 Ishonchlilik: 100% sof mis simli motor yuqori yuklamalarda ham uzoq muddat barvoshli ishlashni kafolatlaydi.
- 🎛️ Qulay boshqaruv: alohida tugmali pult orqali asosiy motorni, kichik diskni va changyutgichni mustaqil ravishda yoqish/o'chirish mumkin.
- 🛡️ Sifatli stol yuzasi: qalinligi 8 mm bo'lgan mustahkam alyuminiy plita materialning silliq siljishi va aniq kesilishini ta'minlaydi.
📊 Texnik xususiyatlari:
- Brend: BIYOTI
- Model: BYT-TAS01 (zavod kodi: Wt20 Dustless Saw)
- Kuchlanish / Chastota: 220 V / 50 Hz
- Katta (asosiy) motor quvvati: 2600 W
- Kichik (podreznoy) motor quvvati: 1600 W
- O'rnatilgan changyutgich quvvati: 1200 W
- Asosiy arra diski: diametri 8" dyuym (203 mm), 80 ta tishli
- Kichik arra diski: diametri 4" dyuym (101.6 mm), 24 ta tishli
- Alyuminiy stol plitasi qalinligi: 8 mm
- Uskuna o'lchamlari: uzunligi 50 sm, kengligi 30 sm, balandligi 32.5 sm
- Uskuna vazni: 23 kg
📦 Jamlanma tarkibi:
- BIYOTI stol usti arra uskunasi — 1 dona.
- Masofaviy boshqaruv pulti — 1 dona.
- Chang yig'uvchi qop va shlang — 1 to'plam.
- Himoya g'iloflari, mahkamlagichlar va kalitlar — 1 to'plam.