Ushbu mahsulotimiz sport zallari, ta’lim muassasalari, dam olish maskanlari, yopiq sport maydonlari va stol tennisi mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan. Stol tennisi stoli mustahkam, qulay va amaliy tuzilishga ega bo‘lib, kundalik mashg‘ulotlar hamda sport o‘yinlari uchun mos keladi. Stol karkasi diametri d20 mm bo‘lgan dumaloq kesimli po‘lat quvurdan tayyorlangan. Oyoqlari yig‘iladigan konstruksiyaga ega bo‘lib, stolni qulay saqlash va joydan joyga ko‘chirish imkonini beradi. Harakatlantirish uchun stol 4 dona d120 mm g‘ildirak bilan jihozlangan.
Stoleshnitsa to‘q rangli laminatsiyalangan DSP materialidan ishlab chiqariladi. Stol chetlari 15 mm kenglikdagi oq chiziq bilan o‘ralgan, o‘rta chizig‘i esa 3 mm kenglikda bajarilgan. Metall qismlar yuzasi kukunli polimer bo‘yoq va galvanik qoplama yordamida himoyalangan bo‘lib, mahsulotning mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlaydi.
Texnik xususiyatlari:
Standart: O`z DSt 1151008
Texnik shart: TSh-64-5779985-48:2011
Karkas materiali: d20 mm dumaloq kesimli po‘lat profildan tayyorlangan.
Oyoqlari: yig‘iladigan
G‘ildiraklari: 4 dona, d120 mm
Stoleshnitsa materiali: laminatsiyalangan DSP
Stoleshnitsa rangi: to‘q ko'k rang
Stoleshnitsa qalinligi: kamida 30 mm
Chet chiziqlari: oq rangda, 15 mm kenglikda
O‘rta chiziq: 3 mm kenglikda
Metall qismlar qoplamasi: kukunli polimer bo‘yoq va galvanik qoplama
To‘plam tarkibi: setka, raketkalar va shariklar
Qo‘llanilishi: sport zallari, ta’lim muassasalari, yopiq sport maydonlari va dam olish maskanlari
Setka tavsifi: Setka to‘qilgan, qora rangda bo‘lib, yuqori qismi 10–15 mm kenglikdagi oq mustahkam tasma bilan tikilgan. Setka stol ramasiga mahkamlangan maxsus kronshteynlarga o‘rnatiladi.

