Ushbu isitish elementi (TEN) kir yuvish mashinalarida suvni belgilangan haroratgacha isitish uchun xizmat qiladi va yuvish jarayonining to‘g‘ri ishlashida muhim rol o‘ynaydi. TЕN ishlamay qolganida suv qizimaydi, kir yuvish sifati pasayadi yoki mashina jarayon o‘rtasida to‘xtab qolishi, xatolik chiqarishi mumkin.
1700W quvvatga ega bo‘lgan ushbu model 18 sm uzunlikka ega bo‘lib, ko‘plab standart kir yuvish mashinalariga mos tushadi. Metall korpusi, zanglamaydigan po‘lat materiali uzoq xizmat muddatini ta’minlaydi. Bu TЕN universal almashtiruvchi sifatida keng qo‘llaniladi.

