STILIST sponjlari tonal krem, konsiler, rumyana va haylayterni bir tekis yoyishga, keskin chegaralarsiz makiyaj yaratishga yordam beradi. Keng, yumaloq tomoni yonoq va peshona uchun, uchli qismi esa ko‘z osti va burun atrofidagi joylar uchun qulay.
Namlanganda sponj yumshoqroq bo‘lib, hajmi kattalashadi — suyuq va kremli kosmetika uchun mos keladi. Quruq holda pudra, quruq rumyana va haylayter surtish uchun ishlatiladi.
Nam holda ishlatishdan oldin sponjni suv bilan ho‘llab, ortiqcha suvini yaxshilab siqib oling. Kosmetikani yengil bosib-bosib surting. Ishlatgandan keyin yumshoq yuvish vositasi bilan yuving va havo aylanadigan joyda quriting.

