COMPACT SATIN POWDER — har kun uchun mukammal teri bazasi. Atlas ko‘ylak kabi u amaliylik va nafislikni, universallik va hashamatni o‘zida mujassam etadi.
Parvarishlangan teri effekti va tabiiy yarim mat yakun.
Yengil, vaznsiz satin teksturali pudra terining go‘zalligini ortiqcha quruqlik yoki yaltirashsiz ta’kidlab, tabiiy yarim mat yakun yaratadi.Mahsulot teridagi nuqsonlarni yashiradi, silliqlik beradi va makiyajni mustahkamlash uchun mos keladi.
Tarkibidagi mineral pigmentlar, asalari mumi, E vitamini, slyuda va emolentlar rangning bir xil chiqishini, silliq qoplamani va niqob effektisiz oson surilishni ta’minlaydi.
Pudra har qanday teri turi va podton uchun mos bo‘lgan 4 ta universal rangda taqdim etilgan:
Ko‘zgu va sponjli kompakt qadoq har qanday vaziyatda mukammal ko‘rinishga yordam beradi.
Mat plastikdan yasalgan, nude rangdagi ark shaklidagi dizayn sezgirlik va ixchamlikni, nafislik va noziklikni uyg‘unlashtiradi. Old qismidagi oltin logotip va yulduzchalar mahsulotga hashamat va yuqori maqom bag‘ishlaydi.
Barcha teri turlari egalari uchun.

