«Ayol hayotining 24 soati» — Monte-Karloda o‘z joniga qasd qilish yoqasida turgan omadsiz diplomatga duch kelgan ayol hayotidagi bir kun haqida hikoya qiladi. Biroq bu 24 soat uning hayotidagi eng hayajonli, shu bilan birga oxiri umidsizlik bilan yakunlangan eng dahshatli kun bo‘ladi.
O‘z erkinligini e’lon qilib, ehtiroslari ortidan ergashgan ayolning hikoyasi XX asrning 20-yillari oxiridagi Yevropa aristokratiyasining ikkiyuzlama axloqiy qarashlariga tanqidiy munosabati bilan ham e’tiborga loyiq.
Sveyg o‘zining ajoyib kuzatuvchanligi va ta’sirchan jumlalari orqali ayol qalbining tub-tubiga kirib boradi hamda o‘quvchini muhabbat va ehtiros tushunchalarini yangicha anglashga undaydi.
ISBN: 9786256695023
Muqova materiali: qog‘oz
Qog‘oz formati: A5
Muqovasi: yumshoq
Betlar soni: 80
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: Turkiya
Chop etilgan yili: 2024
Nashriyot: Kitap Pazari
Yozuv: lotincha
Til: turkcha
Sahifalar yuzasi: jilosiz
Muallif: Stefan Sveyg

