Rival 3 Wireless sichqonchasining yuragida — Quantum 2.0 nomli innovatsion ikki tarmoqli simsiz texnologiya joylashgan. Bu texnologiya juda past kechikish va 400 soatdan ortiq ishlash muddatini ta'minlaydi. Bitta batareyalar to‘plami bilan yil davomida bemalol o‘ynashingiz mumkin.

Quantum 2,0 Wireless
Yangi Quantum 2.0 Wireless texnologiyasi ma’lumotlarni havoda uzatishni tezlashtiradi, bu esa barqaror va ishonchli ulanish hamda kam energiya sarfini ta’minlaydi.
2.4 GHz simsiz ulanish
Signal kechikishi o‘ta past bo‘lgan 2,4 GHz simsiz ulanish ideal flik-shotlarni amalga oshirishga imkon beradi. Ha, endi buni hech qanday simlarsiz qilish mumkin
Busichqonchasayohatdayokikafedaoʻynashuchunoʻzingizbilanolibyurishgaqulay. Shunchaki sichqonchani Bluetooth orqali noutbukka yoki boshqa qurilmaga ulang.
TrueMove Air Sensori
Yangi TrueMove sensori aynan simsiz sichqonchalar uchun maxsus ishlab chiqilgan. U yuqori aniqlikdagi kuzatuv imkonini beradi — shunda nishoning har doim tez va aniq bo‘ladi.

Bu sichqonchani o‘zingiz bilan olib yurish juda qulay. Dongl qurilma ichidagi maxsus bo‘limga joylashadi, sichqonchaning vaznini esa istasangiz ikki batareya o‘rniga bitta batareya bilan kamaytirishingiz mumkin.

Rival 3 Wireless tugmalari sanoat standartidan olti baravar mustahkamroq. Har bir bosish — aniq va barqaror, ayniqsa zarba (shot) paytida.
Bu sichqoncha sizni na o‘yinda, na o‘qishda, na ishda aslo yarim yo‘lda qoldirmaydi.

RGB yoritgichlar
Sichqoncha g‘ildiragi atrofidagi LED yoritgich sizni eng muhim holatlar haqida xabardor qiladi — masalan, batareya darajasi yoki o‘yin ichidagi voqealar haqida.

Ergonomik shakl
Qaysi uslubda ushlashingizdan qat’i nazar, bu sichqoncha bilan o‘yin jarayoni qulay va samarali bo‘ladi.
Uning korpusi ishonchli boshqaruvni ta'minlaydi va qo‘lning charchashini kamaytiradi.


