Afsonaviy QcK yanada kattalashdi
Endi hech qachon o‘yinda sichqoncha harakatiga joy yetishmasligini his etmaysiz. Mashxur QcK sichqoncha gilamchasi endi barcha o‘yin qurilmalaringiz uchun to‘liq ish stoli qoplamasini ta'minlaydi.

10 milliondan ortiq sotilgan SteelSeries QcK o‘yin gilamchalari orqali ishonch bilan ayta olamiz:
bu barcha mezonlar bo‘yicha eng zo‘r o‘yin gilamchasi.

Bizning mikrotolali matomiz sensor ishlab chiqaruvchilari tomonidan sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, u optik va lazerli sensorlar bilan mukammal ishlashi rasman tasdiqlangan.

Mustahkam kauchuk asos stolda siljib ketmaydi va eng muhim paytda o‘z joyida qoladi.

Optimal qulaylik uchun me’yorida qalinlik
2 mm qalinlikdagi QcK XXL o‘yin ehtiyojlaringiz uchun ideal tanlov bo‘lib, kerakli qulaylik darajasini ta’minlaydi.

15 yildan ortiq vaqt davomida ko‘plab professional kibersportchilar faqat QcK o‘yin maydonchalaridan foydalangan — ularning beqiyos xususiyatlari tufayli. SteelSeries mahsulotlarini tanlagan jamoalar, boshqa brendlar foydalanuvchi jamoalarga qaraganda ko‘proq sovrin yutganlar.


