«Старик и море» - amerikalik yozuvchi Ernest Xemingueyga haqiqiy shuhrat keltirgan falsafiy qissadir. 1952-yilda AQShda asar ilk bor chop etilgan «Life» jurnalining besh million nusxadagi butun soni atigi ikki kun ichida sotilib ketgan. Oradan ikki yil o‘tib esa yozuvchi Pulitser va Nobel mukofotlari sohibiga aylandi.
Asar voqealari markazida keksa baliqchi Santyago turadi. Uni omadsiz deb hisoblashadi, chunki u qayta-qayta qirg‘oqqa bo‘sh to‘r bilan qaytadi. Ammo bir kuni uning qarmog‘iga bahaybat marlin ilinadi. Bu ulkan o‘lja qahramonga hayot, kurash va baxtning asl mohiyatini anglashga yordam beradi...
«Зеленые холмы Африки» avtobiografik qissasi ancha avval - 1935-yilda nashr etilgan. Biroq vaqt o‘tishi bilan ham u o‘z jozibasini yo‘qotmagan. Xeminguey ishtirok etgan ikki safari haqida hikoya qiluvchi ushbu asar o‘quvchini nafaqat Afrikaning o‘ziga xos muhiti va rang-barang manzaralari bilan maftun etadi, balki qahramonlarning ijod, adabiyot va hayot haqidagi mushohadalari bilan ham o‘ziga jalb qiladi.

