• Nashriyot: "DAVR PRESS" NMU Toshkent 2026 yil.
• Tuzuvchi: Mirkomil Allayorov
• Sahifalar soni: 400
• Muqova: yumshoq
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 60 * 84 1/8 (A4)
Ushbu kitobdan huquqshunoslik fani bo‘yicha o‘quv dasturiga kiritilgan mavzular o‘rin olgan. Va eng muhimi har bir mavzudan so‘ng o‘sha mavzu doirasida BMBA darajasidagi sara testlar namunaviy tarzda berilgan. Har bir test savoliga testologiya talablari doirasida yondashilgan bo‘lib, testlarning ham mazmuni, ham shakli aynan o‘quvchi-yoshlarning huquqiy savodxonligi va sinchkovligini oshirishga qaratilgan.
Qo‘llanma huquqshunoslik fani bo‘yicha ta’lim olayotgan abituriyentlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kelajakda ularning huquqiy savodxonligi hamda bilimlarining BMBA ning talabi darajasida bo‘lishini kafolatlaydi. Mazkur qo‘llanma darslikdagi ma’lumotlarga tayanib, BMBA tomonidan tasdiqlangan 35 ta qonunchilik hujjatlari asosida to‘plangan. Ya’ni, 35 ta qonunchilik hujjatlaridan siz o‘qishingiz kerak bo‘lgan muhim ma’lumotlar asosida tayyorlangan.
Ushbu qo‘llanmaning maqsadi – abituriyentlarga qonunchilik hujjatlarini to‘liq emas, balki kerakli va dolzarb joylarini ajratib olishga ko‘maklashish.
Qo‘llanmani tuzishda ko‘plab rasmiy qonunchilik hujjatlaridan, xususan, Lex.uz saytidan foydalanilgan bo‘lib, o‘quvchilarga aniq, ishonchli va mukammal ma’lumotlarni taqdim etishga alohida e’tibor qaratilgan.
Bunday yondashuv o‘quvchilar uchun qonunchilik tizimini yanada tushunarli va qulay qiladi.
Qo‘llanmada keltirilgan qonunchilik hujjatlari uchun asosiy manba Lex.uz sayti hisoblanadi.
Qo‘llanmada keltirilgan qonunchilik hujjatlari 2026-yil 3-fevral holatiga ko‘ra olinganligi ham aytib o‘tishimiz joiz.

