1 YILLIK KAFOLAT
Releli turdagi LUX RESANTA ASN-1000N2/1-S seriyali kuchlanish stabilizatori kirish kuchlanishini tenglashtirish va umumiy quvvati 1 kVt gacha bo‘lgan asboblarni kuchlanish o‘zgarishlaridan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. 220V kuchlanishda +/-8% gacha aniqlik bilan ishlaydi.
Qurilma chastota sinusoidasining buzilishini oldini oluvchi tarmoq xalaqitlari filtrlari, mikroprotsessorli boshqaruv va kuchlanish parametrlarini ko‘rsatuvchi raqamli kuchlanish indikatori bilan jihozlangan.
Qo‘llab-quvvatlanadigan kirish kuchlanishi chegarasidan oshib ketsa, elektr ta’minoti avtomatik ravishda uziladi. Mustahkam korpus qurilmaning ichki qismlarini shikastlanishdan himoya qiladi. Ushbu stabilizator televizor, resiver, DVD proigrivatel, kassa apparati, gaz qozonini barqaror quvvat bilan ta’minlashi mumkin.
Ushbu stabilizatorning o‘ziga xos xususiyati uni devorga mahkamlash imkoniyatidir. Bundan tashqari, asbob umumiy quvvati 1000 Vt gacha bo‘lgan bir nechta iste’molchilarni ulash uchun ikkita rozetka bilan jihozlangan.

Himoya tizimlari:
· Stabilizatorning ishchi diapazonidan tashqariga kuchlanish chiqishidan himoya qilish (stabilizatorning ishchi diapazoni 140 dan 260 V gacha).
· Termohimoya (issiqlik himoyasi) stabilizatorning yuklama quvvati qurilmaning o‘z quvvatidan oshib ketganda uni o‘chirish imkonini beradi.
Afzalliklari:
· Kiruvchi va chiquvchi chastotali xalaqitlarning o‘rnatilgan filtrlari.
· Kuchlanish chegaraviy qiymatdan oshib ketganda ta’minotni avtomatik o‘chirish.
· Qo‘llab-quvvatlanadigan kirish kuchlanishining keng doirasi.
· Qisqa muddatli ortiqcha yuklanishlarda qurilma o‘chirilmaydi.
· Kuchlanish ishchi diapazon doirasida tenglashganda avtomatik yoqish.
Mikroprotsessorli boshqaruv.
· Ixcham o‘lchamlar.
· Himoyaning yuqori tezlikda ishlashi.

Asosiy xususiyatlari:
· Ish harorati – 0 - 40°C.
· Himoya darajasi - IP20.
· Sovutish tizimi - Tabiiy.
· Kuchlanish turi - Bir fazali (220 V).
· Himoya - qisqa tutashuvdan, haddan tashqari qizib ketishdan, yuqori kuchlanishdan va shovqinlardan.
· Chiqish rozetkalari – 2.
· Joylashuv – Devorga o‘rnatiladi.
· Joylashuv turi - Releli.
· Kirish kuchlanishi diapazoni - 140-260 V.
· Chiqish kuchlanishining nominal qiymati – 220±8% V.
· Ishchi chastotasi - 50 Gs
· Rostlash vaqti - 15 ms dan kam.
· Sinusoidaning buzilishi - yo‘q.
· Yuqori kuchlanishli himoya - 245±5 V.
· Maksimal tok kuchi – 5.3 A.
· Displey - LED.
· Maksimal quvvati - 1000 Vt.
· Barqarorlashtirish aniqligi - 8%.
· FIK - 97%.
· Havo namligi – 80%.
· Barqarorlashtirish tezligi - 35 V/s.

