Makiyajingizga benuqsonlik baxsh eting!
Mary Kay SPF 15 CC-kremi, ya’ni yuz rangini korreksiya qiluvchi krem — Complexion Corrector — yuzingizga benuqson ko‘rinish beradi. Mary Kay SPF 15 CC-kremi eng talabgir mahsulotlardan biridir.
U ton beruvchi namlantiruvchi vositalar, makiyaj asoslari, teri parvarishi va ultrabinafsha nurlardan himoya qiluvchi vositalarda siz yoqtiradigan barcha afzalliklarni o‘zida birlashtiradi. Bularning barchasi endi qo‘llashda juda oson va mukammal CC-kremda mujassam!
Ushbu krem formulasi bir vaqtning o‘zida terini korreksiya qiladi va parvarishlaydi.
1. Himoya qiladi
Keng ta’sir doirasiga ega SPF 15 himoyasi terini UVA va UVB nurlaridan himoya qiladi.
2. Yorqinlik beradi
Terining tabiiy jilvasini darhol kuchaytiradi va yuz rangini yaxshilaydi. Tarkibidagi niatsinamid va askorbil glyukozid terini silliqroq ko‘rsatishi va yangilashi bilan tanilgan.
3. Kamchiliklarni korreksiya qiladi, yuzni og‘irlashtirmaydi
Mineral asosdagi pigmentlar teridagi kamchiliklarni tuzatishga va umumiy ko‘rinishini yaxshilashga yordam beradi. Shu bilan birga, vosita yuzda niqobdek ko‘rinmaydi.
4. Qizarishlarni kamaytiradi
Yuz ko‘rinishini yanada tekis qiladi va teridagi qizarishlarni kamroq sezilarli qiladi. Formula tarkibidagi E vitamini va o‘simlik ekstraktlari terini yumshatish va tinchlantirishga yordam beradi.
5. Namlaydi
Teri 10 soat davomida namlangan holatda bo‘ladi.
6. Niqoblaydi
Teridagi dog‘lar va kamchiliklarni a’lo darajada yashiradi. Formula post-akne izlari ko‘rinishini ham kamaytirishga yordam beradi. Yog‘siz va komedogen bo‘lmagan Mary Kay SPF 15 CC-kremi aknega moyil muammoli terini tinchlantiradi va oziqlantiradi.
7. Qarishning ko‘rinadigan belgilarini kamaytiradi
Mayda chiziqlar kamroq seziladi, teri esa yoshroq ko‘rinadi. Shuningdek, teshikchalar ko‘rinishini kamaytirib, teri teksturasini sezilarli yaxshilashga yordam beradi. Mayda chiziqlar va teshikchalarga to‘planib qolmaydi.
8. Atrof-muhitning salbiy ta’siridan himoya qiladi
Formula kuchli antioksidantlar, jumladan E vitamini va silimarin ekstraktini o‘z ichiga oladi. Ular zararli erkin radikallarga qarshi kurashishga yordam beradi.
Eslatma: Elektron ommaviy axborot vositalarida ranglar tabiiy ranglardan farq qilishi mumkin.
CC — “Complexion Corrector”, ya’ni yuz rangini korreksiya qiluvchi vosita.
Himoya
SPF 15 quyoshdan himoya faktori tufayli yuzni terining erta qarishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararli UVA va UVB quyosh nurlaridan himoya qiladi.
Yorqinlashtirish
Yuz rangidagi notekisliklarni yumshatishga yordam beruvchi formula tufayli terining tabiiy jilvasini darhol kuchaytiradi.
Yengil tekstura bilan korreksiya
Mineral pigmentlar teridagi kamchiliklarni korreksiya qilishga va terining umumiy ko‘rinishini yaxshilashga yordam beradi. Shu bilan birga, krem teriga yengil surtiladi va “qotib qolgan yuz” effektini yaratmaydi. Charchagan terini sog‘lom jilvaga ega ko‘rinishga keltirishga yordam beradi.
Qizarishlarni kamaytirish
Teridagi qizarishlar ko‘rinishini kamaytiradi.
Niqoblash
Teridagi kamchiliklarni darhol yashiradi. Komedogen bo‘lmagan va yog‘siz krem muammoli terini tinchlantiradi va parvarishlaydi. Yengil formula ko‘z ostidagi qora halqalarni yashirishga ham yordam beradi va yaxshi tarqaladi.
Namlantirish
Terini 10 soat davomida namlaydi. Teri kun davomida yog‘li yoki moyli his qoldirmasdan namlangan bo‘ladi.
Qarish belgilarini kamaytirish
Krem surtilgandan so‘ng ajinlar kamroq seziladi, teri esa yoshroq ko‘rinadi. Shuningdek, teshikchalar ko‘rinishini kamaytiradi va ularni berkitib qo‘ymaydi.
Qo‘llab-quvvatlash
Stressli atrof-muhit sharoitida teri sog‘lomligini qo‘llab-quvvatlaydi va erkin radikallardan himoya qiladi.

