Qadimgi mash’um afsona jonlandi. Uxlab yotgan Shahzoda, yosh qizlarning yuragini tortib oluvchi maxluq o‘zining asriy uyqusidan uyg‘ondi. Tvilla uzoq dengiz bo‘yidagi qishloqda yashirinishga urinayotgan bir paytda, Leyfning singlisi Errin yaqinlashib kelayotgan urushning markazida qoladi. Uyqudagi shahzodaning shafqatsiz golemlar armiyasi itoatsiz qirolliklarni yer yuzidan supurib tashlaydi. Bundan ham yomoni, Errinni har kecha maxluqning o‘zi bilan qo‘rqinchli ko‘rinishlar ta’qib qila boshlaydi. Nahotki u odam ovlovchi bilan sirli tarzda bog‘langan bo‘lsa?

