Sport yangiliklari, o‘tgan va bo‘lajak musobaqalar tahlili va sharhlariga bag‘ishlangan haftalik sport nashri. Gazeta sahifalarida o‘yinlar natijalari, sportchilar va murabbiylar bilan suhbatlar, mutaxassislarning bashoratlari, mamlakat va jahon sport hayotiga oid maqolalar, voqea joylaridan reportajlar berib boriladi. Dushanba kungi nashr o‘quvchilarga o‘tgan sport haftasini sarhisob qilish, jamoalar erishgan yutuqlarni tahlil qilish va yaqin kunlar uchun qiziqarli tadbirlarni rejalashtirish imkonini beradi.

