Universal himoya ko‘zoynaklari (sport, qurilish va sanoat uchun)
Ushbu universal himoya ko‘zoynaklari sport, qurilish va sanoat ishlarida foydalanish uchun juda mos. Ko‘zlarni chang, shamol, yog‘ingarchilik, sachrashlar va mexanik zarbalardan ishonchli himoya qiladi. Sariq va qora ramkali modellari mavjud.
Elastik sozlanadigan tasma har qanday bosh o‘lchamiga qulay moslashadi va uzoq vaqt taqib yurishda ham noqulaylik tug‘dirmaydi.
💡 Ko‘zoynaklar nafaqat xavfsizlik, balki qulaylikni ham ta’minlaydi. Shaffof yoki qoraytirilgan (oynali) linzalar ko‘rishni yaxshilaydi va ko‘z charchashini kamaytiradi.











