Sizning e'tiboringizga qalin plastik kartochkalar, qalam va eslatmalar uchun qog'oz varaqlaridan iborat Futbol hakamlari to'plamini taqdim etamiz.
Ushbu professional to'plam FIFA yozuvli futbol to'plami bo'lib, sariq va qizil karta, kartalarni saqlash va eslatma olish uchun bloknot va qalamni o'z ichiga oladi. Bunday kartalar ko'plab sport turlarida qo'llaniladi: futbol, futzal, voleybol va boshqalar.
Qizil kartochka - bu ba'zi sport turlari bo'yicha o'yinchini/murabbiyni maydondan chetlatish uchun hakam tomonidan ko'rsatiladigan belgi. Qizil kartochka ko'rsatilgan sportchi o'yinning qolgan qismida maydonni tark etishi kerak va uning jamoasi uni almashtirish huquqiga ega emas. Aksariyat hollarda qizil kartochka olgan futbolchi keyingi bir necha o'yinni ham o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi. Qizil kartochka o'yin qoidalarini qo'pol ravishda buzganlik yoki sportga xos bo'lmagan xatti-harakatlarlarda Hakam tomonidan ko'rsatiladi.
Sariq kartochka - bu ba'zi jamoaviy sport turlari bo'yicha o'yinchi qoida buzganligi uchun Hakam tomonidan ko'rsatiladigan ogohlantirish belgisi. Ayniqsa jiddiy qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda futbolchi qizil kartochka bilan jazolanib, maydondan chetlatilishi mumkin. Bir o'yinda o'yinchi ikkta sariq kartochka olsa, Hakam tomonidan maydondan chetlatiladi.

