O'g'il bolalar uchun mexli sport kostyum (sportivka) 7-13 yosh o'smirlar uchun. Kurtka va shimdan iborat qishki bolalar kostyumi, kuz-qish-bahor mavsumiga mo'ljallangan.
Mexli kapyushonli kurtka:
Tashqi qismi plashovka mato, ichi yumshoq va qalin mex, qishki sovuqda issiq saqlaydi
Zamokli kapyushon: zamok yordamida yechiladi, kerak bo'lmasa kapyushonsiz kiyish mumkin
Kapyushon yonidagi iplar uni yuzga moslab tortadi
Zamokli cho'ntaklar: qo'l isib turadi, telefon va kichik narsalar tushib ketmaydi
Mustahkam zamok oldi qismini to'liq yopadi
Ko'krakda ekoteri qism, manjetlarda plashovka rangiga mos chiziqlar
Elastik manjetlar sovuq havoni kiritmaydi
Shim:
Issiq mexli mato, to'g'ri model, manjetsiz, rangi qora
Belda ip va 4 ta chok bilan mustahkamlangan
Zamokli cho'ntaklar
Ranglari: qora, to’q ko’k, jigarrang, yashil, och kulrang
O'lchamlari: 40 (7 yosh), 42 (9 yosh), 44 (11 yosh), 46 (13 yosh)
Qayerda kiyiladi: kundalik kiyim, sport mashg'ulotlari, jismoniy tarbiya darsi, sayr
Kafolat muddati: 6 oy

