7-13 yoshli o’smir o’g’il bolalar uchun kuz-qish mavsumiga mo’ljallangan mexli sport kostyum. Kostyum kurtka va shimdan iborat. Sovuq kunlarda tanani issiq saqlaydi, kundalik kiyish va sport uchun qulay.
Kurtka
Kurtkaning tashqi qismi plashovka matosidan, ichi yumshoq mexdan tikilgan. Qalin mex kuz va qishda tanani issiq saqlaydi.
Kapyushon zamok yordamida yechiladi, kerak bo’lmasa kurtkani kapyushonsiz kiyish mumkin.
Kapyushon yonlaridagi iplar uni yuzga moslab tortish imkonini beradi.
Kurtka ko’kragidagi mustahkam ekoteri qismi kostyumga chiroyli ko’rinish beradi.
Zamoklari mustahkam. Tez yopganda ham tiqilib qolmaydi va buzilmaydi.
Manjetlarida plashovka rangiga mos chiziqlar bor.
Qulay cho’ntaklarda sovuq havoda qo’llar isib turadi.
Shim
Shim ham issiq mexli matodan tikilgan.
Bel qismi 4 ta chok bilan mustahkamlangan.
Belning old tomonidagi ip shimni belda ishonchli ushlab turadi.
Shim tekis, manjetsiz modelda, rangi qora.
Cho’ntaklari bor.
Ranglari: to’q ko’k, bardoviy (qizil), jigarrang, to’q kulrang
O’lchamlari:
40 o’lcham: 7 yoshli bolalar uchun
42 o’lcham: 9 yoshli bolalar uchun
44 o’lcham: 11 yoshli bolalar uchun
46 o’lcham: 13 yoshli bolalar uchun
Qayerda kiyish mumkin:
kundalik kiyish uchun
sport mashg’ulotlarida
maktabda jismoniy tarbiya darslarida
sayr va tashqarida o’ynash uchun
Kafolat muddati: 6 oy

