• yom'irlatib sug'orish
AQ 46 splinkler 3/4" (erkak) – bu yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarida keng qo‘llaniladigan, yuqori samaradorlikka ega purkagich bo‘lib, ayniqsa bog‘lar, dalalar, paxta va don ekinlari uchun ideal tanlovdir. 23° lik burchakli purkash tizimi bilan suvni keng radiusga (15–18 m) bir tekis taqsimlaydi. 3 bar bosimda 1.6 m³/soat suv sarfi bilan ishlaydi – bu esa suv tejamkorligini ta’minlab, hosildorlikni oshirishga yordam beradi.
Asosiy afzalliklari:
- Suvni bir tekis purkash orqali o‘simliklarga yetarli namlik beradi;
- Tejamkor suv sarfi tufayli xarajatlarni kamaytiradi;
- Metallga nisbatan zanglamaydigan va bardoshli plastmassa materiali uzoq xizmat muddatini ta’minlaydi;
- O‘rnatish oson, har qanday 3/4" ulanishga mos;
- O‘zgaruvchan havo sharoitida ham ishonchli ishlaydi.
Nega aynan shu sprinklerni tanlash kerak?
AQ 46 modeli oddiy narxda yuqori samaradorlikni taklif qiladi. Yil davomida sug‘orish jarayonini soddalashtiradi, suv va mehnat tejaladi, hosil sifati va miqdori ortadi.