
Toʻplam ikki qismdan iborat: tik yoqali, boshidan oxirigacha zamokli olimpiyka va choʻntakli, beli rezinkali shim. Olimpiyka va shimning yon tomonlaridan oq chiziq oʻtgan.
Kostyum 100% paxtadan tikilgan: tabiiy mato, teri bemalol nafas oladi. Keng shim oyoqni siqmaydi. Beli rezinkali boʻlgani uchun bola shimni oʻzi oson kiyib-yechadi. Zamokni yoqagacha tortsa, salqin havoda boʻyni ham yopiq turadi.
Bahor, kuz va qish uchun: maktabda jismoniy tarbiya darsiga, sport toʻgaragiga, sayrga va har kuni kiyishga.
Ranglari: qora va toʻq koʻk. Oʻlchamlar: 7, 8, 9, 10 va 11 yosh. Bolaning boʻyini oʻlchab, «Oʻlchamlar» boʻlimidagi jadval boʻyicha tanlang.
1 dona olimpiyka va 1 dona shim.

