Sen o'qiyotgan bu hikoyadagi buyuk shoir,davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy 1441-1501-yillarda yashab o'tgan. U shunchaki shoir emas, "So'z mulkuning sultoni" edi. Alisher Navoiy o'z davrida ko'pchilik maqtagan fors tilida emas,balki bizning ona tilimiz-turkiy(eski o'zbek) tilida ijod qilgan.
Shu bilan birga ushbu kitobda siz o'n yoshli Ilhom ismli bolakayni qahramon sifatida taniysiz. U juda ko'p multfilm ko'rar,video o'yin o'ynardi. Natijada,faqat "voy","qoyil","zo'r" kabi oddiy so'zlarni takrorlaydigan o'smirga aylanib qolgan edi.Shu bois,fikrini to'liq tushuntirishga qiynalar edi. Keyin maktabida bir hodisa ro'y berdi. Aynan shu hodisa tufayli Ilhom qanchalik darajada o'zgarganini kitob mutolaasi davomida bilib olasiz.
Muqova:Qattiq
Betlar soni:34
Chop etilgan yili: 2025
Nashriyot: Sarbon Nashriyoti
Yozuv: Lotin
Til: O'zbek

