• Unikal yig‘iluvchan konstruksiya suvni idishning ichidayoq muzlatishga imkon beradi.
• Shishlarni va charchoq izlarini 60 soniya ichida darhol yo‘qotadi.
• Teri uchun xavfsiz bo‘lgan 100% gipoallergen ekologik silikondan tayyorlangan.
• Muzli suvga yuzni botirish kuchli energiya chiqishini va fikr teranligini oshiradi.
• Teri teshikchalarini kichraytiradi, teri tarangligini oshiradi va mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi.
• Ixcham dizayni saqlash va safarlarda foydalanish uchun qulay.
• Stress darajasini samarali ravishda pasaytiradi va teri yallig‘lanishini tinchlantiradi.
• Quritish va osib qo‘yib saqlash qulayligi uchun teshikchasi bor.
• 264 mm.li optimal o‘lchovi yuzni muzli suvga butkul botirishga imkon beradi.
Bu yig‘iladigan idish — shunchaki parvarish aksessuari emas, balki maqsadli sovuq ta’sir orqali organizmning ichki zaxiralarini faollashtirish uchun bir instrument ham.
Idishning shakli va chuqurchalari endi boshqa muz sotib olmasligingizga imkon beradi. Siz vannachani yig‘ib, suv to‘ldirib, tun bo‘yi muzxonada qoldirsangiz, ertalab vannachaga suv soliboq tonggi odatingizni boshlashingiz mumkin. Bu bilan kunning tetik starti uchun tayyorlanish jarayonini osonlashtirasiz.
Yuzni muzli suvga botirish salomatligingizning, unumdorligingizning va tashqi korinishingizning hujayralar darajasida optimallashishiga qaratilgan kuchli fiziologik reaksiyalar kaskadini ishga tushiradi.
Sovuq organizm tinchlanishi uchun javobgar nervni faollashtiradi. Bu stressni tezda tushirish, ichki muvozanatni his qilish va diqqatni yig‘ishni osonlashtirishga yordam beradi.
Sovuqda tomirlar torayadi, shu sabab shishlar, qizarishlar va qichishishlar kamayadi. Muolajadan keyin tomirlar yana kengayadi, qon oqimi kuchayadi va terining oziqlanishi yaxshilanadi.
Sovuq organizmning tabiiy “energetik” moddalarining chiqishini ishga tushiradi. Bu tetiklikni oshiradi, diqqatni yaxshilaydi va fikr yuritishni yanada teranroq qiladi — yangi samarador kun uchun eng yaxshi start.
Asosiy afzalliklar
● Shish va yallig‘lanishning tez pasayishi: shish va charchoq izlarini 60 soniyada bartaraf qiladi.
● Teri mikrosirkulyatsiyasi va tonusi optimizatsiyasi: yuz rangini yaxshilaydi, yuzdagi teshikchalarni(poralarni) kichiklashtiradi, taranglikni oshiradi.
● Fokus va teranlikning ko‘payishi: asab tizimini “qayta ishga tushirish” uchun tonggi odatning ajoyib elementi.
● Stressga chidamlilik va qayta tiklanishni oshirish: yuklamalardan keyin regeniratsiyani tezlashtiradi.
● Tabiiy tinchlantiruvchi xususiyat: akne, quyoshda kuyish va boshqa teri reaksiyalaridagi bezovtalikni pasaytiradi.
● Muz uchun unikal qolip: muzni vannachaning ichida tayyorlash
● Ekologik gipoallergen silikon: teri uchun xavfsiz, suv yoki kosmetika bilan reaksiyaga kirishmaydi.
● 30° burchakli ergonomik shakl: bo‘yinga og‘irlik tushirmagan holda qulaylik bilan suvga yuzni botirishga imkon beradi.
● Yig‘iladigan ultra-portativ dizayn: safarlarga olib ketish uchun ham qulay.
● Oson tozalanadi: silliq yuza va quritish uchun treshik.
1) Yig‘ilgan holatdagi idishni sovuq suv bilan to‘ldiring va suv bir tekisda muzlashi hamda muz segmentini hosil qilishi uchun muzxonaga qo‘ying
2) Butkul muzlagandan keyin idishni ehtiyotkorlik bilan oching, devorlarini sekin egib, formaga zarar yetkazmay muzlarni chuqurchalardan chiqazing.
3) Idishni yana sovuq suv bilan to‘ldiring — u tayyorlangan muz bo‘laklari bilan foydalanishga tayyor bo‘ladi.
4) Tetiklanish va shishlardan tezda xalos bo‘lish uchun yuzni sovuq suvga botirish. Yuzingizni idishga botiring va 30 soniyadan 2 daqiqagacha uni suvda ushlab turing.
● Material: 100% ekologik silikon
● Shakl: oval, yig‘iluvchan
● O‘lcham: diametr ~264 mm, balandligi ~100 mm
● Xususiyatlari: muz uchun qolip, quritish uchun teshik, portativ konstruksiya
● Foydalanish: har kuni

