Sovunli gullar — tashqi ko‘rinishi haqiqiy gullarga o‘xshash, nafis va chiroyli dekorativ mahsulot. Ular sovg‘a tayyorlash, guldastalarni bezash, turli xil kompozitsiyalar yaratish hamda xonadon va tadbirlarni dekoratsiya qilish uchun juda mos keladi.
Sovunli gullardan tug‘ilgan kun, bayram, yubiley, to‘y, unashtiruv va boshqa maxsus kunlar uchun chiroyli sovg‘a kompozitsiyalarini tayyorlash mumkin. Shuningdek, ularni sovg‘a qutilari, savatlar va dekorativ qadoqlarda bezak sifatida ishlatish mumkin.

